AsosiyJamiyat

Toshkent hayvonot bog`ida tashrifchilar aybi bilan qo`tos halok bo`ldi

Toshkent hayvonot bog`ida erkak qo`tos halok bo`ldi, deya xabar bermoqda «Kun» bog` saytiga tayanib.

Xabar berishlaricha, jonivor ovqatlanishni to`xtatib qo`ygan. Dastlabki tashxislar va davolashga qilingan sa`y-harakatlarga qaramay, jonivorning ahvoli bir necha kun ichida keskin og`irlashgan va oxir-oqibat o`lgan.

Jonivor yorib ko`rilganida, uning oshqozonidan turli predmetlar — polietilen plyonkalar birikmasi, plastmassa idishlarning qopqoqlari, uzunligi 12 santimetr bo`lgan qattiq elektr simi va boshqalar chiqqan.

Hayvonot bog`i veterinarlarining xulosasiga ko`ra, qo`tos oshqozoniga begona jism tushishi sabab yuzaga kelgan oshqozon buzilishi natijasida yuz bergan asfiksiya va miokard infartidan halok bo`lgan.

«Xuddi shu sabab bilan Toshkent hayvonot bog`ida shu kungacha jayronlar, lamalar, tuyalar, tuyaqushlar halok bo`ldi. Baxtimizga, ba`zi jonivorlar — tuyaqush, begemot va boshqa ko`plab hayvonlarni qutqarib qolish uddasidan chiqildi», — deyiladi bog` saytidagi xabarda.

Qayd etilishicha, hayvonot bog`i ma`muriyatining jonivorlarni ovqatlantirmaslik, ularning qafaslariga turli predmetlarni uloqtirmaslik haqidagi iltimoslari va ogohlantirishlariga qaramay, jonivorlar bilan bog`liq noxush hodisalar ro`y berishda davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar