AsosiyJamiyat

Chilonzor tumanida «Neksiya» tramvay bilan to`qnashib ketdi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Sugalli ota ko`chasida tramvay va «Neksiya» rusumidagi avtomobil o`rtasida yo`l-trasnport hodisasi sodir bo`ldi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.

Sakkizinchi raqamli yo`nalishda harakatlanuvchi tramvayning old qismiga «Neksiya» avtomobilining old qismi urilgan. Jabrlanganlar haqida ma`lumot berilmagan.

Facebook’dagi «Voditeli Toshkenta» guruhi a`zolarining fikricha, aynan shu joyda svetofor ishlamasligi transport hodisasiga sabab bo`lgani ehtimoli bor. Biroq haqiqiy sabablar voqea joyiga tezda etib kelgan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan aniqlanadi.

    Boshqa yangiliklar