AsosiyJamiyat

“Kichik biznes mahsulotlari va uskunalari” xalqaro ko`rgazmasi ish boshladi

Poytaxtimizdagi “Ko`rgazma savdo markazi” majmuasida O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan “Kichik biznes mahsulotlari va uskunalari” xalqaro ko`rgazmasi ish boshladi. Bu haqida O`zA xabar beradi.
Uning ochilish marosimida bozorlarimiz to`kinligini ta`minlayotgan va raqobat muhitini shakllantirayotgan kichik biznes iqtisodiyotimizning yuqori sur`atlar bilan yanada rivojlanishiga ko`maklashayotgani ta`kidlandi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 7 aprelda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasida investisiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari uchun rag`bat bo`lib xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda o`tkazilayotgan xalqaro ko`rgazmalar bu borada muhim ahamiyat kasb etayotir. Iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, qulay investisiya muhitini shakllantirishga qaratilgan ushbu ko`rgazmalarda O`zbekistonda biznesni rivojlantirishning keng imkoniyatlari namoyish etilmoqda. “Kichik biznes mahsulotlari va uskunalari” xalqaro ko`rgazmasi ham buning yorqin tasdig`idir.
Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari stendlari ko`rgazmaga kelganlarda katta qiziqish uyg`otmoqda. Masalan, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan to`qimachilik mahsulotlari, tabiiy xomashyodan tayyorlangan poyabzallar yuqori baholanmoqda.
Ko`rgazma doirasida davra suhbatlari, taqdimotlar, mahorat saboqlari va amaliy muzokaralar tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar