Olimlar Namibiyadagi filni etti yil kuzatishdi va ular yomg`ir ovozini 200-240 km uzoqlikdan eshitishlari mumkinligini aniqlashdi.
Virjiniya universiteti biologlari 14 ta Namibiya fillariga kuzatish moslamasini o`rnatishdi va ularning harakatlarini 2002-2009 yillar davomida kuzatib borishdi. Bu bilan ular fillar nima uchun hech qanday sababsiz migrasiya yo`nalishini o`zgartirishlarini aniqlashmoqchi edi.
Olingan ma`lumotlar shuni ko`rsatdiki, ularning eshitish qobiliyatlari o`ta kuchli. Jonivorlar boshlanishi mumkin bo`lgan yomg`ir ovozini 200-240 kilometr uzoqlikdan eshitishadi.





