Warner Bros. Kinostudiyasi 2020 yilgacha o`z kinomahsulotlari premerasi sanalarini e`lon qildi. Ushbu ro`yxat kompaniya vakillarining investorlar bilan o`tkazilgan uchrashuvida taqdim etilgan.
Demak, premeralar grafigi quyidagicha ko`rinish oldi:
- “Betmen Supermenga qarshi: Adolat tongi”, rejisser Zak Snayder – 2016 yil may.
- “O`z joniga qasd qilganlar guruhi”, rejisser Devid Eyer - 2016 yil avgust.
- “Mo``jiza ayol”- 2017 yil iyun.
- “Adolat ligasi: birinchi qism”, rejisser Zak Snayder – 2017 yil noyabr.
- “Flesh” 2018 yil mart.
- “Akvamen” – 2018 yil iyul.
- “Shazam”, 2019 yil aprel.
- “Adolat ligasi: birinchi qism”, rejisser Zak Snayder – 2019 yil iyun.
- “Kiborg” 2020 yil aprel.





