AsosiyDunyo

Afrikada sehrgarlik uchun etti kishini yoqib yuborishdi

Tanzaniyaning Murufiti qishlog`ida sehrgarlikda taxmin qilingan etti kishini yoqib yuborishdi, deya xabar beradi The Mirror.

Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, qishloq aholisi o`sha “jodugar” va “sehrgar”larga masjidni o`rab olgan holda hujum qilishgan, ularni bo`laklab tashlab, keyin yoqishgan. Halok bo`lganlarning ikki nafaridan boshqalarining yoshi 60dan yuqori.

Soqchilar janjal sababchilarini, jami 23 kishini qo`lga oldi. Ularga nisbatan qasdan qotillik qilganlik bo`yicha ayblov qo`yilmoqda.

Mahalliy huquq himoyaichilarining fikricha, Tanzaniyada bir yilda taxminan 500ga yaqin “jodugar” va “sehrgar”lar o`ldiriladi.

    Boshqa yangiliklar