Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo`limi surishtiruvchisi Sh.M joriy yilning 12 oktyabr kuni viloyat boshqarmasi boshlig`i nomiga bildirgi bilan murojaat qildi.
Surishtiruvchi murojaatida bildirishicha, unga ish yurituvida bo`lgan Namangan shahrida joylashgan ma`suliyati cheklangan jamiyatning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi oqibatida aniqlangan 33 million so`mlik zararning 15 million so`mini to`lov qilib, qolgan qismini to`lamaslik va ishni ijobiy hal qilib berishi evaziga fuqaro A.S 700 AQSh dollari pora taklif etadi.
Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabariga ko`ra, bildirgi asosida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Sning ukasi N.S surishtiruvchiga 700 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag`larini bergan vaqtida qo`lga olindi va Jinoyat kodeksining 211-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
19.10.2018 04:35
Namanganda MIB surishtiruvchisiga pora bergan shaxs qo`lga olindi






