AsosiyDunyo

Angliyalik bolakay bosh miyadagi o`simta tufayli gigantizm kasalligiga chalindi

Angliyada istiqomat qiluvchi Kiran Xallidey ayni damda 19 yoshda. Uning bo`yi bir yilda qariyb 20 santimetrga o`smoqda. Bu haqda news.rambler.ru nashri ma`lumot beradi.

Buning sababi shundaki, Kiranning bosh miyasidagi o`simta aniqlangan. Ushbu zararsiz o`simta Kiranning bo`yining uzluksiz ravishda o`sishiga sabab bo`lmoqda. Uels Universitet gospitali jarrohlari Kiranning bosh miyasidagi o`simtani olib tashlashdi, biroq ana shu o`simta oqibatida unda akromegaliya-gigantlik kasalligi tashhisini qo`yishdi.

Ushbu kasallik organizmda doimiy ravishda bo`y o`sishiga javob beruvchi garmonning ko`p miqdorda ishlab chiqarishiga olib keladi. Shu bilan birga ushbu kasallik oqibatida qo`l, oyoq, tananing boshqa qismlaridagi suyaklar ham o`sa boshlashi mumkin. Angliyada har yuz kishining 6 nafari ushbu kasallikdan aziyat chekadi.

Akromegaliya-gigantizm kasalligi zararsiz miya o`simtasi sababli kelib chiqadi. 

    Boshqa yangiliklar