Tatariston poytaxti Qozon shahrida uch yoshli bola sakkizinchi qavatdan tushib ketib, tirik qoldi, deya xabar bermoqda TASS.
Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining respublika bo`yicha bosh boshqarmasi matbuot kotibi Marat Raxmatullin ma`lum qilishicha, bola yonma-yon qurilgan 15 qavatli turar joy tomiga qulagan. Chaqiruv bo`yicha etib kelgan yong`inni o`chirish xizmati xodimlari yig`layotgan bolani narvon yordamida pastga tushirgan.
Tez yordam shifokorlari bolani kasalxonaga etkazgan. U erda uning qo`li singanligi va miyasi chayqalganligi ma`lum bo`lgan. Guvohlar ko`rsatma berishicha, bolakay chivindan himoya sifatida derazaga tutilgan to`rga tiranganida, oynadan tushib ketgan.





