AsosiyJamiyat

Xalqaro yarmarkada 580 ming tonna paxta tolasini sotib olish bo`yicha shartnoma imzolandi

Toshkent shahrida 13-14 oktyabr kunlari bo`lib o`tgan X Xalqaro O`zbekiston paxta va to`qimachilik yarmarkasida 580 ming tonna O`zbekiston paxta tolasini sotib olish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan to`qimachilik mahsulotlarini etkazib berish bo`yicha esa bir milliard AQSh dollaridan ziyod miqdordagi shartnomalar imzolandi, deya xabar beradi uza.uz.
Anjuman doirasida o`tgan xalqaro konferensiya ishtirokchilari qariyb 50 mamlakatdan mingdan ortiq ishbilarmon doira vakillari, ekspertlar va mutaxassislarni o`zida jamlagan ushbu yarmarka 2014 yil jahon paxta sanoatining eng muhim tadbirlaridan biri bo`lganini ta`kidladi.

Istiqlol yillarida mamlakatimiz engil sanoatiga 2 milliard dollar miqdoridagi investisiyalar jalb etildi. Singapur, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Evropa ittifoqi va MDH mamlakatlari, Yaponiya, AQSh va boshqa davlatlarning sarmoyadorlari ishtirokida yangi korxonalar qurish va mavjudlarini modernizasiya qilish bo`yicha ikki yuzdan ziyod loyiha amalga oshirildi. Yarmarkada ushbu korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ham namoyish etildi.
Yarmarkaning xorijlik ishtirokchilari O`zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyorligi va bundan manfaatdorligini bildirdi. Ular mamlakatimiz hududlarining investisiya salohiyati, to`qimachilik sohasini rivojlantirish bo`yicha yangi loyihalar taqdimot marosimida ishtirok etdi, shuningdek, Toshkent viloyatidagi «O`zbekiston» paxtani qayta ishlash zavodi, “Toshkent-tola” paxta terminali va «Uztex-Chirchiq» korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Yarmarka O`zbekiston paxta tolasi va to`qimachilik mahsulotlarining yuqori sifati hamda raqobatbardoshligini yana bir bor namoyish etdi. Bu zamonaviy iqtisodiy sharoitda mamlakatimiz yangi bozorlarni zabt etishi va jahon bozoridagi o`z o`rnini yanada mustahkamlashi uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanidan dalolat beradi.

    Boshqa yangiliklar