AsosiyShou-biznes

Aktyor Bryus Uillisning qizi yigitsiz qoldi

Aktyorlar Bryus Uillis va Demi Murning 26 yoshli qizi Rumer Uillisni uning yigiti − 32 yoshli britaniyalik aktyor Riki Uittl tashlab ketdi, deb xabar bermoqda «Segodnya».

Xabarlarga ko`ra, ajralishning asosiy sababi Uittlning o`z ishiga ko`proq e`tibor berishni istaganidir. Juftlikka yaqin manbaning aytishicha, Rikining ishi shunchalik ko`payib ketganki, Rumerga ajratishga vaqti qolmagan. Shuningdek, unga qizning haddan tashqari ochiq liboslari yoqmagan.

Xabar berilishicha, Riki ayriliqdan xafa bo`lgan, chunki u Demi Mur bilan ham yaxshi chiqishgan. Biroq u qizning mashhur otasi Bryus Uillis bilan uchrashishdan qo`rqqani to`g`risida ham mish-mishlar tarqalgan. Rumerning o`zi esa ajralishni xotirjam qarshi olgani aytilmoqda.

Uillis va Uittl 2014 yil mayidan uchrashishni boshlagan. Bungacha Rumer aktyor Jeyson Bler bilan bir yil davomida uchrashib, 2013 yil noyabr oyida u bilan ham ajrashgan.

    Boshqa yangiliklar