AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Rossiyaning RBK-biznes kanali translyasiyasi to`xtatildi

O`zbekistonda RBK-biznes, iqtisodiyot haqidagi kanali analogli televideniening abonent paketidan olib tashlandi, deya xabar beradi Podrobno.uz sayti.

Ushbu ma`lumot analogli va raqamli televidenielar bilan hamkorlik qiluvchi bir qator kompaniyalar tomonidan ham tasdiqlangan. “Turon Telekom” provayderi operatori bu profilaktik holat ekanini va bu holat vaqtinchalik ekanini aytib o`tgan. “Hamkor TV” studiyasi ham ayni fikrlarni tasdiqlagan holda, bu butun Respublika bo`ylab kuzatilayotganini aytgan. Biroq, RBK kanalining qayta translasiya qilinishi va  bu qachon amalga oshirilishi bilan bog`liq savolga “bu kabel televideniesi studiyalariga bog`liq emas” degan javob olingan.

Eslatib o`tamiz, biroz oldin O`zbekistonda “Domashniy”, TNT va RenTV kabi kanallar ham olib tashlangandi.

Ma`lumot o`rnida aytish lozimki, RBK telekanali Rossiyadagi yagona federal biznes telekanali sanaladi. U bir kunda 24 soat, haftada 7 kun davomida uzluksiz efirga uzatiladi. Bir oylik o`rtacha auditoriyasi 25 million kishini tashkil etadi. 

    Boshqa yangiliklar