AsosiyShou-biznes

O`zbekistonda ilk marta talabalar chizmalari xalqaro ko`rgazmasi o`tkazildi

11 oktyabr kuni Toshkentda Red Bull Doodle Art − eng yaxshi talabalik chizma (doodle)lari xalqaro tanlovining Milliy ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Finalchilarining ishlari tanlov saytida berilgan, deya xabar bermoqda Daryo.uz.

Ma`ruzalar vaqtida talabalar chizib o`tiradigan rasmlar ba`zida shedevr darajasiga chiqsa ham, odatda e`tiborsiz qolib ketadi. Lekin bir necha yil oldin tashkil etilgan aynan shunday rasmlarning tanlovi O`zbekistonga ham etib keldi.

2014 yilgi tanlovda 40 dan ortiq mamalakatdan 40 mingga yaqin talaba qatnashdi, jumladan, O`zbekiston vakillari ham ilk marta ushbu tanlov ishtirokchilariga aylandi.

7 yildan buyon talabalar Red Bull Doodle Art’ning maxsus andazalariga ruchka yoki qalam orqali o`z chizmalarini tushirib keladi. Biroq bu yil Red Bull jahon miqyosidagi g`olibni aniqlash maqsadida JARning Keyptaun shahrida xalqaro global ko`rgazma tashkillashtirmoqda.

Tanlov yakunlariga ko`ra O`zbekistonning eng yaxshi chizmasi deb Toshkent davlat texnika universiteti talabasi Veronika Ageevaning ishi topildi. Tanlovning O`zbekistondagi g`olibining ishi ham 2014 yil 24−26 oktyabr kunlari Keyptaunda o`tkaziladigan ko`rgazmaga jo`natiladi.

    Boshqa yangiliklar