AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda gaz portlashi oqibatida ikki qizaloq halok bo`ldi

'Qashqadaryoda gaz portlashi oqibatida ikki qizaloq halok bo`ldi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma`lumotga asosan, bugun, 8 oktyabr kuni soat 10:04larda Kitob tumani, “Istiqlol” MFY, Qashqadaryo ko`chasi, 38-uyning (uy egasi 1947 y.t. A.Parmonov) oshxonasida gaz plitasining nosozligi sababli havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo`lgan.

FVV axborot xizmatining xabariga ko`ra, chaqnash oqibatida oshxona shiftining 4 kv.m. maydoni yongan hamda 2 nafar fuqaro kasalxonada vafot etgan va 1 nafar fuqaro kuyish tan jarohatlari bilan Kitob tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo`limiga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqarolar:

Bellura Xomidova, 2013 y.t. (uy egasining nabirasi, 100 % termik kuygan).

Farzona Xomidova, 2016 y.t. (uy egasining nabirasi,100 % termik kuygan).

Jarohatlangan fuqaro:

Baxtigul Jamolova, 1991 y.t. (uy egasining kelini, 40-45 % termik kuygan, ahvoli o`rta og`ir).

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar