AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Senat Raisiga yurtimizda chop etilgan Fransiya Konstitusiyasining ilk nusxasini sovg`a qildi

'Shavkat Mirziyoev Senat Raisiga yurtimizda chop etilgan Fransiya Konstitusiyasining ilk nusxasini sovg`a qildi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev 8 oktyabr kuni Parij shahrida Fransiya Respublikasi Senati Raisi Jerar Larshe bilan uchrashdi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Bu haqda O`zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari Senat Raisini samimiy qutlar ekan, uni Fransiya Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 60 yilligi bilan tabrikladi. Ushbu sana munosabati bilan yurtimizda o`zbek va fransuz tillarida chop etilgan Fransiya Konstitusiyasining ilk nusxasini sovg`a qildi. Jerar Larshe bu kitobni katta mamnuniyat bilan qabul qildi.

Shavkat Mirziyoev mamlakatlarimiz parlamentlari o`rtasidagi hamkorlik ulardagi do`stlik guruhlari ishi tufayli ancha faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bugungi kunda O`zbekiston Oliy Majlisining ikkala palatasida ham Fransiya parlamenti bilan hamkorlik guruhlari tashkil etilgan. Fransiya Senatida “Fransiya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo guruhi, quyi palata – Milliy assambleyada “Fransiya - O`zbekiston” do`stlik guruhi faoliyat yuritmoqda.

Davlatimiz rahbarining Fransiyaga ilk rasmiy tashrifi uzoq istiqbolga mo`ljallangan amaliy hamkorlikning, jumladan, mamlakatlarimiz parlamentlari o`rtasidagi aloqalarning yangi yo`nalishlarini belgilab olishga xizmat qilishi qayd etildi.

Jerar Larshe Fransiya O`zbekiston bilan do`stlik rishtalari, samarali sheriklik munosabatlarini mustahkamlash yo`lida parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish va ularga tizimli tus berishga tayyor ekanini ta`kidladi.

Davlatimiz rahbari Fransiya Senatining tarixiy binosini ko`zdan kechirdi.

Fransiya Senati binosidan fotosuratlar

3.JPG

4.JPG

5.JPG

6.JPG

7.JPG

9.JPG

10.JPG

11.JPG

12.JPG

15.JPG

17.JPG

18.JPG

    Boshqa yangiliklar