AsosiyJamiyat

O`zbekiston paxtaning 70 foizini eksport qilishdan voz kechadi

O`zbekiston hukumati paxta tolasi eksportini kamaytirish yo`nalishida maqsadli siyosatni olib bormoqda. Bu haqda 14 oktyabr kuni Toshkentda ochilgan paxta yarmarkasi arafasida o`tkazilgan anjumanda Bosh vazir Shavkat Mirziyoev ma`lum qildi.

Unga ko`ra, 2015 yil oxirigacha ichki ishlab chiqarish quvvatini kuchaytirish ortidan 500 ming tonna paxta tolasini eksport qilishdan voz kechiladi. 2020 yilgacha esa O`zbekiston paxtaning 70 foizini o`z hududida qayta ishlash salohiyatiga ega bo`ladi.

“O`zbekengilsanoat” shirkatining bildirishicha, bu maqsadga erishish uchun mamlakat tekstil sanoati modernizasiyasiga 2015-2020 yillar mobaynida 1 milliard dollar mablag` ajratilmoqda.

Ayni paytda O`zbekiston o`zida etishtirilgan paxtaning 44 foizini qayta ishlay oladi.  O`zbekistonda har yili etishtirilgan 3,5 million tonna paxtadan kamida 1 million tonna paxta tolasi olinadi.

    Boshqa yangiliklar