Maktablarda ta`mirlash ishlari, kommunal to`lovlar, jihozlash va tozalash ishlari davlat tomonidan bepul amalga oshiriladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida "Davlat umumiy o`rta ta`lim maktablarida (davlat ta`minoti asosida) bepul va pullik asosda tashkil etiladigan xizmatlar ro`yxatlarini tasdiqlash to`g`risida"gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi.
Unga ko`ra, umumiy o`rta ta`lim maktablarida quyidagi xizmatlar o`quvchilar, ota-onalar va xodimlardan pul undirilmasdan davlat ta`minoti asosida bepul amalga oshiriladi:
― umumiy o`rta ta`lim muassasasiga kommunal xizmatlar ko`rsatish;
― bino va inshootlarni joriy va kapital ta`mirlash xizmatlari;
― umumiy o`rta ta`lim muassasasi xonalarini mebel, jihoz va boshqa o`quv anjomlari bilan ta`minlash;
― bino va inshootlarni tozalash xizmatlari.
Ushbu qaror hali loyiha bo`lib, u o`zgarishi, tasdiqlanishi va rad etilishi ham mumkin.






