AsosiyJamiyat

​Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomi yanada mustahkamlandi

'​Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomi yanada mustahkamlandi'ning rasmi

Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorda ta`kidlanishicha, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Prezident qaror va topshiriqlari bo`yicha test rejimida tizimli nazorat olib borilmoqda.

Hisob palatasi Prezident qarorlari va topshiriqlarining to`liq va o`z vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazorat olib boruvchi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimi bo`yicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi mas`ul davlat organi hisoblanadi.

Qaror bilan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining ishlash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

2018 yil 1 dekabrga qadar davlat organlari va tashkilotlarida mavjud elektron hujjatlar almashinuvi tizimlari xatlovdan o`tkazilishi nazarda tutilgan.

2019 yil 1 yanvarga qadar:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyati doirasida “Jamoatfikri.uz” portali tashkil etiladi.

“Ijro.gov.uz” tizimida respublika va hududlar darajasida o`tkaziladigan majlis va yig`ilishlarning markazlashgan ma`lumotlar bazasi yaratiladi.

2019 yil 1 yanvardan boshlab:

  • davlat organlari va tashkilotlarida qonunlar, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlarini maxsus jurnal va hisob varaqalarida ro`yxatga olish tartibi hamda bunda hisob kartotekalarining qog`oz shaklida rasmiylashtirilishi va yuritilishi bekor qilinadi;
  • respublika va hududlar darajasidagi majlis va yig`ilishlarni o`tkazish, Prezident tomonidan o`tkaziladigan yig`ilishlar bundan mustasno, faqatgina “Ijro.gov.uz” tizimiga o`tkazilayotgan tadbirning maqsadi, natijalari, ishtirokchilar tarkibi va davomiyligi ko`rsatilgan qaydlar kiritilganidan so`ng amalga oshirilishi belgilandi;
  • Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura bilan birgalikda majlislar va yig`ilishlarning “Ijro.gov.uz” tizimida qayd etilmagan holda o`tkazilishiga yo`l qo`ymaslik yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi.

    Boshqa yangiliklar