2014 yilning 15-16 noyabr kunlari “Istiqlol” san`at saroyida o`zining navbatdagi konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirgan Sardor Mamadaliev repitisiya jarayonlaridan ortib, dalada paxta terimida mehnat qilayotgan hamyurtlarimizni xam hushnud etishga ulgurmoqda.
Shuningdek, u yangi “Do`stim” qo`shig`iga klip olish ishlarini olib bormoqda. Ota-onaning qadriga etish, e`zozlash va ularga doim hurmatda bo`lish, do`stga maslahat sifatida yaratilgan ushbu tarona va unga ishlangan klip tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi bilan ham e`tiborga loyiq.
Qo`shiq matni Farida Afro`z qalamiga mansub bo`lsa, kuyni xonandaning o`zi bastalagan.
Klipda bir qator taniqli aktyorlar, ya`ni Ubaydulla Omon, Bekzod Muhammadkarimov, Shohida Ismoilova, Umid Iskandarovlar ishtrok etishgan.





