Yaponiyada sodir bo`layotgan Vongfong to`foni sababli ikki kishi halok bo`ldi va 100 dan ortiq kishi jabr ko`rdi. Har ikki halok bo`lgan shaxs qariyalardir.
Kuchli to`lqin bir qancha odamni okeanga uloqtirib tashladi.
Garchi to`fon kuchi kamaygan bo`lsa-da, uning xavfi hali ham yo`qolgani yo`q. Tezligi soniyasiga 40 metrni tashkil etadi.
Toshqin va ko`chki xavfi tufayli deyarli 930 ming odam vaqtinchalik evakuasiya qilinishi haqida ogohlantirildi.
Falokat oqibatida Yaponiyada transport harakati izdan chiqdi. Dushanba kuni 640ga yaqin aviareylar bekor qilindi.





