Sudan poytaxti Xartum shahri aeraportida ikki samolyot halokatga uchradi, deya xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.
Ularning ikkovi ham harbiy samolyotlar bo`lgani xabar qilinmoqda. Reuter axborot agentligining bergan ma`lumotiga ko`ra, ulardan birining bortida nosozlik tufayli yong`in kelib chiqqan, u esa borib keyingi havo layneriga urilgan. Oqibatda “Antonov 26” va “Antonov 32” rusumli samolyotlar jiddiy zarar ko`rgan. Qurbonlar yo`q.






