AsosiyJamiyat

Maishiy chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi

'Maishiy chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi'ning rasmi

Maishiy chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagiHukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob`ektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi.

Unga ko`ra, hududlar, binolar va inshootlarning qattiq maishiy chiqindilar bilan (shisha, rezina, qog`oz, plastmassa, yog`och chiqindilari va boshqa) ifloslanishining oldini olish maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni to`plash va vaqtincha saqlash uchun mo`ljallangan maxsus chiqindi qutilari o`rnatiladi.

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan vaqtinchalik savdo do`konlari, shu jumladan, ko`chma shoxobchalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar ko`rsatish palatkalari, do`konchalariga) tutash hududlarda – 5 metr radiusgacha ko`tarish mexanizmli yoki ularni bo`shatish uchun almashtiriladigan chelaklarga ega bo`lgan ko`chma chiqindi qutilarining o`rtanilishi belgilangan.

Faoliyat yuritayotgan chiqindi to`plash shoxobchalarini buzish ishlari ularning o`rniga yangilari qurilgandan so`ng amalga oshiriladi.

Shuningdek, chiqindi to`plash shoxobchalari turar joy binolarining derazalari, bolalar muassasalari uchastkalarining chegarasi, dam olish joylaridan 20 metrdan kam bo`lmagan va 100 metrdan uzoq bo`lmaganmasofada joylashtiriladi.

Hududlarning daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil bo`ladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) bilan bir sutkadan ortiq ifloslantirilishiga yo`l qo`yilmaydi.

Qarorga muvofiq, qattiq maishiy chiqindilarni alohida to`plash va olib chiqib ketish uchun to`rt turdagi konteynerlar o`rnatiladi:

  • qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindilar uchun – ko`k rang;
  • organik qattiq maishiy chiqindilar (oziq-ovqat va boshqa biologik chiriydigan chiqindilar) uchun – jigarrang;
  • qayta ishlanmaydigan qattiq maishiy chiqindilar uchun – kulrang;
  • xavfli maishiy chiqindilar uchun – to`q sariq rang.

    Boshqa yangiliklar