AsosiyJamiyat

​O`zbekistonlik dizaynerlar Italiyadagi moda haftaligida ishtirok etishdi​

'​O`zbekistonlik dizaynerlar Italiyadagi moda haftaligida ishtirok etishdi​'ning rasmi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining «Yosh dizaynerlar Kengashi» nodavlat notijorat tashkiloti dizaynerlari sentyabr oyining 19-25 kunlari Italiyaning xalqaro Milan moda haftaligi doirasida o`tkazilgan moda namoyishida ishtirok etishdi.

Haftalikda Italiya, Fransiya, Germaniya, Polsha, Ozorbayjan, Qozog`iston, Qirg`iziston va boshqa davlatlardan kelgan dizaynerlar o`z ko`rgazmalari bilan qatnashishdi.

Mazkur haftalikda O`zbekiston nomidan «ANOR» modalar uyi va «IMAGE» loyihasi ishtirokchisi IZY brendi asoschisi Zarina Ismadiyorova ishtirok etdi.

ANOR modalar uyi o`zining asosiy yo`nalishiga sodiq qolgan xolda, milliy matolardan neo-folklyolr yo`nalishidagi yangi to`plamini taqdim etdi. Qadimiy paranji detallaridan unumli foydalanilgan to`plam mehmonlar va hamkorlarda katta taassurot qoldirdi.

IZY brendi esa yangicha avangard strit stayl yo`nalishidagi to`plamini taqdim etdi. Dizaynerimiz taqdim etgan aynan ushbu yo`nalish Italiya butiklari va shourumlari rahbarlariga ma`qul keldi va hamkorlikda ishlashga takliflar ko`rib chiqildi.

«Yosh dizaynerlar Kengashi» tomonidan BERLIN FAShION WEEK, SERBIAN FAShION WEEK, ASPARA FAShION WEEK tashkilotchilari bilan O`zbekistonlik dizaynerlarning kelgusi namoyishlari yuzasidan shartnomalar tuzildi.

Yoshlar ittifoqi qoshidagi «Yosh dizaynerlar Kengashi» ning bunday loyihalarni amalga oshirishidan asosiy maqsad, mamlakatimiz feysh biznesini, mahalliy dizaynerlarimizni, milliy matolarimizni jahon miqyosiga olib chiqishdan iboratdir. Shuningdek, bunday namoyish va ko`rgazmalar O`zbekistonda turistik salohiyatni oshirishga ham katta ko`mak beradi.

    Boshqa yangiliklar