AsosiyDunyo

13 yoshli qiz ona bo`ldi

Kaliforniyaning Mersed shahridan topilgan bolaning onasining shaxsi aniqlandi. Onaning yoshi 13da, - deya xabar beradi ABC.

Avvalroq, Kaliforniya shtatining Mersed shahrida istiqomat qiluvchi keksa oila axlatxonadan chaqaloq topib olgan edi. Bola axlat idish ichida kiyimsiz va kindik ichakchasi bilan yotgan.

Hozirgi vaqtda mahalliy polisiya bolaning onasiga qarshi jinoiy ish ochish-ochmaslik yuzasidan barcha dalil-belgilarni to`plashmoqda.

Hozirgi vaqtda 13 yoshli ona davlat qaramog`ida saqlab turilibdi. Shu bilan birga, tergovchilar qiz jinsiy tajovuz qurboni bo`lganmi-yo`qmi, ushbu masalaga oydinlik kiritish ustida ham ishlashmoqda.

Chaqaloqni topib olgan keksa oilaning 37 nafar nevarasi bo`lib, yangi tug`ilgan qizni ham asrab olish va unga Milagro (ispan tilidan tarjima qilganda – Mo`jiza) deb ism qo`yish niyatida.

    Boshqa yangiliklar