AsosiyJamiyat

Toshkent tumanlarida profilaktika maqsadida elektr ta`minoti vaqtincha uzildi

Toshkent shahrida 9 oktyabr kuni ma`lum bir ketma-ketlikda shaharning har bir tumani elektr energiyasi ta`minotidan uzildi, deya xabar bermoqda UZ24.

Shahar elektr ta`minoti xizmatidan UZ24’ga ma`lum qilishlaricha, tumanlar profilaktika maqsadida elektr ta`minotidan vaqtincha uzilgan.

Qayd etishlaricha, xizmat shu yo`l bilan transformatorlarning ortiqcha yuklama bilan ishlashi natijasida elektrstansiyalarda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan avariyaviy holatlar oldi olinmoqda.

Biroq, tumanlarning elektr ta`minotidan vaqtincha uzilishi natijasida ma`lum bir muammolar ham yuzaga keldi.

Xususan, Toshkent halqa avtomobil yo`lining Olmazor tumanidan o`tgan qismida svetoforlarning ishlamay qolishi natijasida, yirik tirbandliklar yuzaga kelgan.

    Boshqa yangiliklar