AsosiyJamiyat

O`zbekiston-Turkmaniston chegarasida qariyb 6 kilogramm gerion ushlab qolindi

O`zbekiston chegarachilari Turkmanistondan olib kirishga harakat qilingan 6 kilogrammga yaqin geroinni ushlab qolishdi.

O`zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini qo`riqlash qo`mitasi matbuot xizmatidan ma`lum qilishlaricha, «Olot-temiryo`l» o`tkazish punktida yuk vagoni ostidan 5,7 kilogrammdan ortiq gerion moddasi topilgan.

Ma`lum bo`lishicha, ushbu modda Turkmanistondan kelayotgan yuk vagoni ostida, juft g`ildiraklar orasidagi maxsus yashirin joyga joylashtirilgan bo`lgan.

Afg`onistondan Rossiyaga va u orqali Evropa davlatlariga giyohvand moddalarni etkazib berish bo`yicha jahondagi eng yirik narkotrafik – «Shimoliy yo`l» O`zbekiston hududidan ham o`tadi.

Ushbu «yo`l» orqali har yili 100 tonnagacha kuchli ta`sir qiluvchi giyohvand moddalar Rossiya va Evropa davlatlariga etkazib beriladi.

    Boshqa yangiliklar