AsosiyJamiyat

Uyida sigaret chekib uxlab qolgan shaxs yong`in qurboni bo`ldi

'Uyida sigaret chekib uxlab qolgan shaxs yong`in qurboni bo`ldi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 1 oktyabr kuni soat 01:45larda «Navo» MFY Yangi Darvoza ko`chasi 103-uyda yashagan 1965 yilda tug`ilgan G`.Sh. uyida mast holda, sigareta chekib, uxlab qolishi oqibatida sigaret kukuni ko`rpa ustiga tushib, yong`in sodir bo`lgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, ko`rilgan choralar natijasida yong`in soat 01:55da qurshab olinib, soat 02.20da o`chirilgan.

Yong`in natijasida uyning 35 kv.m. maydonda tom, shift qismi va uy jihozlari yonib zarar ko`rgan hamda G`.Sh.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

    Boshqa yangiliklar