Boltabaev Maxmudjon Rustamovich O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 oktyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori lavozimiga Boltabaev Maxmudjon Rustamovich tayinlandi.
Boltabaev Maxmudjon Rustamovich 1969 yilda Andijon viloyatida tug`ilgan ma`lumoti oliy, 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tamomlagan. Iqtisod fanlari doktori professor.
Bunga qadar Maxmudjon Boltabaev O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida departament mudiri, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, O`zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori kabi mas`ul lavozimlarda faoliyat ko`rsatgan.






