Somali poytaxti Mogadishoda Evropa ittifoqiga tegishli harbiy konvoyga hujum qilindi, deb xabar qildi TASS nashri.
Mazkur terrorchilik harakat oqibatda 3 kishi qurbon bo`lgan. Shuningdek, yana 5 nafar inson og`ir jarohat olib, kasalxonaga olib ketildi. Ma`lumotlarga qaraganda, portlovchi moddalar bilan to`ldirilgan mashina Italiya va Evroittifoq bayrog`i ostida harakatlanayotgan harbiylar oldida portlatib yuborilgan. Manbaning xabar berishicha, ushbu hujum uchun javobgarlikni mahalliy “Ash-Shabob” terrorchilik guruhi o`z zimmasiga olgan.






