Yaponiyaga Trami nomli yana bir kuchli to`fon yopirildi, deb xabar berdi TASS nashri.
Poytaxt Tokioda yo`lovchi tashuvchi poezd yo`lini shiddatli shamol tufayli qulagan daraxtlar to`sib qo`ygan. Bu esa 2 kishining halok bo`lishiga olib keldi. Tabiiy ofat Xokkaydo oroliga ham xavf solmoqda. Meterologiya sohasi xodimlarining xabar berishicha, ushbu hudduda kuchli ko`chki ro`y berishi mumkin. Hukumat hozircha odamlarni evauasiya qilishga shoshilmayapti.






