AsosiyDunyo

Meksikalik radioboshlovchini to`g`ridan-to`g`ri efir vaqti otib ketishdi

Meksikada jamoat faoli Atilano Romana Tiradoni (Atilano Roman Tirado) kundalik radiodasturni olib borayotganda halok qilishdi. Associated Press xabariga ko`ra, falokat Sinaloa shtatining Masatlan shahrida sodir bo`lgan.

Ikki jinoyatchi Fiesta Mexicana radiostansiyasiga bostirib kirishgan va Tiradoni qanday topishni so`ragan. Ma`mur ularga kutib turishlarini, Tirado bilan dastur yakunlangach uchrashishlari mumkiniligini aytgan, - deydi radiostansiya direktori Serxio Ontiveros (Sergio Ontiveros).

Shundan so`ng ulardan biri ichkarida qolgan va to`g`ridan-to`g`ri efir olib boriladigan studiyaga qarata ikki marta o`q uzgan. O`qlar Tiradoning boshi va ko`kragiga tekkan bo`lib, u kasalxonaga olib ketilgan, natijada esa halok bo`lgan.

Ushbu holat Meksika tarixidagi ilk to`g`ridan-to`g`ri efirdagi qotillik deya e`lon qilingan.

    Boshqa yangiliklar