Joriy yilning 19 sentyabr kuni tungi soat 1:05 da Samarqand viloyati Narpay tumani Mirbozor qo`rg`oni hududidan o`tuvchi M-37 xalqaro avtomagistral yo`lining 107-kilometrida harakatlanib ketayotgan fuqaro I.Jabborov boshqaruvidagi «Mercedens-Bens» yuk mashinasida yong`in kelib chiqqan.
Samarqand viloyati Yong`in xavfsizligi boshqarmasi ma`lumotiga ko`ra, yong`in natijasida avtoulov yukxonasidagi 20 ta toy paxta yonib ketgan. Tuman yong`in xavfsizligi bo`linmasi voqea joyiga tungi soat 01:13 da etib borgan. Yong`in tungi soat 01:50 da to`liq bartaraf etilgan, deb yozmoqda "Zarafshon" nashri.
Ayni vaqtda ushbu yong`in sabablarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.






