Samarqand viloyatining Nurobod tumanida mudhish yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 1 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati G`uzor tumanida yashagan X.B. o`zining “Neksiya” rusumli avtomashinasini Nurobod tumanining “Oqsoy” mahallasidan o`tuvchi “Samarqand-Qarshi” yo`lining 34-km.da haydab ketayotib, shu yo`nalishda oldinda harakatlanib burilayotgan S.P. boshqaruvidagi “Volvo” rusumli yuk avtomashinasi yon tomoniga borib urilgan.
Natijada “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi jarohat olib, voqea joyida halok bo`lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






