AsosiyJamiyat

O'ZuPACK-O'ZBEKinPRINT tarmoqning asosiy trendlarini taqdim etadi

'O'ZuPACK-O'ZBEKinPRINT tarmoqning asosiy trendlarini taqdim etadi'ning rasmi

Joriy yilning 3-5 oktyabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “O`zekspomarkaz” milliy ko`rgazmalar majmuasining 4 pavilonida “Bosma ishi va qadoqlash - O'ZBEKinPRINT- O'ZuPACK 2018” xalqaro ko`rgazmasi o`tkaziladi.

O'ZBEKinPRINT- O'ZuPACK ko`rgazmasini O`zbekistonning qadoqlash va bosma ishi bozoridagi yilning eng muhim voqeasi deb atash mumkin. Bu yil ko`rgazma o`zining 20 yilligini nishonlamoqda va tayyor qadoq va qadoqqa belgi qo`yish bo`yicha mahalliy va xorijiy qadoqlash texnikasi ishlab chiqaruvchi va etkazib beruvchilarini, ishlab chiqarishning boshidan oxirigacha bo`lgan jarayonlar, qadoq, belgi va poligrafiya ishlab chiqarishdan iborat bo`lgan turdosh ishlab chiqarishlarni bir maydonda jamlaydi.

Joriy yildagi ko`rgazma hajmi 16 foizga oshgan bo`lib, unda jami 15 mamlakat - Avstriya, Germaniya, Hindiston, Eron, Italiya, Qozog`iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, AQSh, Turkiya, Fransiya, Rossiya, O`zbekiston, Finlyandiya hamda Yaponiyadan 66 ta kompaniya va brend qatnashmoqda.

Yubiley forum uchun qator yirik premeralar - uskunalarni ishlayotgan holatidagi taqdimotlar tayyorlab qo`yilgan, bu esa poligrafiya va bosma ishi bozori ishtirokchilari uchun qiziqarli bo`lishi kutilmoqda. Jumladan, Akela Group kompaniyasi stendida uning quyidagi hamkorlari texnologiyalari namoyish etiladi: Line O Matic Graphic Industries (Hindiston), Guangdong Constant Precision Machinery (Xitoy), Zhejiang Horda Machinery (Xitoy), UFLEX Limited (Hindiston) kabi etakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilarning qog`oz kesish mashinasi, fleksbosma uchun avtomat uskuna, in`eksiyali quyish mashinasi, kitob korpusini tayyorlash uchun avtomatik mashina, babinali-kesish mashinasi va boshqalar.

Qarorgohi Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan bosma ishi sohasidagi global etakchi bo`lmish Ricoh kompaniyasining bozorga chiqishi yorqin debyut bo`ladi, deya e`tirof etilmoqda. Ko`rgazma doirasida raqamli bosish mashinasi, keng formatli ko`p funksiyali qurilma, lateksli printer namoyish qilinadi. Ricoh Rusning O`zbekiston bozoriga rasmiy ravishda kirib kelishi 2017 yilning sentyabr oyida yuz bergandi, o`shanda raqamli tijorat bosma ishi bozorida uskuna va echimlarni etkazib beruvchi etakchi kompaniyalaridan biri, joriy ko`rgazmada ham ishtirok etuvchi UCD Micros bilan shartnoma imzolangan edi.

Oziq-ovqat va ichimliklar, nooziq-ovqat tovarlari, kosmetika va dori vositalari, qurilish mollari, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari jahonning taniqli kompaniyalari: Windmoeller & Hoelscher (Germaniya), HAVER&BOECKER (Germaniya), SWEMA (Rossiya-Germaniya), InKomPro-Servis (Rossiya), Ala Sintez (Qozog`iston), TEKO ALUMINYUM SANAYI (Turkiya), ÜNER PLASTİK (Turkiya), NIKOL-PAK (Rossiya), ERPAKSAM MAKINA (Turkiya)va boshqalar bilan amaliy muzokaralar olib borish imkoniga ega bo`ladi.

Ko`rgazma debyutanti – PROFITEKS kompaniyasi suyuq, yopishqoq va pastasimon mahsulotlarni plastik yoki qog`oz stakanlarga joylashga mo`ljallangan avtomatni namoyish qiladi.

Mahalliy bozorning etakchi kompaniyalari yuqori faollikni namoyon etmoqdalar, ular mahsulotining sifati va turlari jahonning eng yuqori standartlariga javob beradi: POLIMAKS, UZPOLITEX Holding, POYTAXT SAVDO GROUP, TEZKOR MATBAA, CREDO PRINT, the VORTEX TAPE va boshqalar shular jumlasidan.

Umuman olganda, ko`rgazma O`zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulot eksportiga ko`mak berish bo`yicha Respublika hukumatining strategiyasini qo`llab-quvvatlaydi. Ulkan vazifalar bajarilishini ta`minlash maqsadida korxonalar tayyor sanoat mollari, meva-sabzavot, farmasevtika, to`qimachilik, kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni ta`minlay oladigan texnologiya va xomashyoga investisiyalar kiritishga tayyor.

An`anaga ko`ra, O'ZBEKinPRINT- O'ZuPACK ko`rgazmasi uchrashuvlar va tarmoqning barcha yangiliklarini muhokama qilishning eng maqbul joyi bo`lib qoladi.

Tashkiliy ko`mak: “O`zekspomarkaz” MKM

Hamkor: Dekos kompaniyasi

Texnik hamkor: LEDdesign

Qo`shimcha ma`lumot olish uchun ItecaExhibitionsning axborot xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin!

Tel.: + (998 71) 205 18 18, faks: + (998 71) 237 22 72

E-mail: guzal.artykova@iteca.uz, www.iteca.uz

    Boshqa yangiliklar