AsosiyJamiyat

"O`zbekneftgaz" AJ va Exxon Mobil qo`shma loyihani amalga oshirishni jadallashtirish niyatida

'"O`zbekneftgaz" AJ va Exxon Mobil qo`shma loyihani amalga oshirishni jadallashtirish niyatida'ning rasmi

“O`zbekneftgaz” AJ rahbariyati Exxon Mobil kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o`tkazdi.

Uchrashuvda Exxon Mobil kompaniyasi vakillariga “Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ bazasida II va III guruh bazaviy moylarni ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasida texnologik asbob-uskunalar lisenziari sifatida ishtirok etayotgani uchun minnatdorchilik bildirildi.

Bazaviy moylarni ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi O`zbekiston Respublikasi va AQSh o`rtasida davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish bo`yicha “yo`l xaritasi”gamuvofiq amalga oshiriladi.

Mazkur loyihaning taxminiy qiymati 150 million AQSh dollarini tashkil etadi va uni amalga oshirish muddati – 2018-2021 yillar.

Exxon Mobil ekspertlarining ta`kidlashlaricha, bu kabi loyiha mintaqada yagonadir. “O`zbekiston neft-gaz sohasi Exxon Mobil kompaniyasi ushbu istiqbolli loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tajriba va texnologiyalarni bo`lishishga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin”, dedi Neftni qayta ishlash va gazni tozalash texnologiyalari, katalizatorlar va lisenziyalash bo`yicha bosh menejer, kompaniya vise-prezidenti Shon Smit.

Xorijiy kompaniya mutaxassislari mamlakatimizning ishbilarmonlik muhitida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining loyihaoldi, loyiha va tender hujjatlarini, shuningdek, import shartnomalarini tasdiqlashning yangi tartibini nazarda tutuvchi qaror qabul qilishi to`g`risida keng ma`lumotlarga ega bo`ldi.

Muzokaralar davomida tomonlar loyihani jadallashtirish bo`yicha chora-tadbirlar, xususan, lisenziya va muhandislik shartnomalarini imzolash, ishlab chiqarish jarayonining yangilangan konfigurasiyasini hisobga olgan holda narxlarni optimallashtirish imkoniyatlari hamda qoldik fraksiyalardan qo`shimcha bazaviy moylarni olish imkoniyatini muhokama etdilar.

    Boshqa yangiliklar