AsosiyJamiyat

Kecha X Xalqaro O`zbekiston paxta va to`qimachilik yarmarkasi boshlandi

Toshkentda 13 oktyabr kuni Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan X Xalqaro O`zbekiston paxta va to`qimachilik yarmarkasi boshlandi.
Mamlakatimizda paxta yarmarkasini yuksak saviyada o`tkazish yaxshi an`anaga aylandi. O`n yildirki bu erda dunyoning turli mamlakatlaridan paxta va to`qimachilik sanoati vakillari, treyderlar tarmoqni rivojlantirish tendensiyalari, jahon bozoridagi narxlar konyunkturasini muhokama etish, O`zbekiston paxta sanoati bilan tanishish, paxta tolasi va undan tayyorlangan mahsulotlarni etkazib berish bo`yicha bevosita shartnomalar tuzish imkoniga ega bo`lmoqda.
O`zbekiston bilan paxta biznesida o`zaro manfaatli aloqalarni kengaytirishga bo`lgan qiziqish yil sayin ortib borayotir. 2005 yilda Xalqaro O`zbekiston paxta va to`qimachilik yarmarkasida 30 mamlakatdan 170 ga yaqin kompaniya vakillari qatnashgan bo`lsa, joriy yilda ellikka yaqin davlatdan 1000 dan ortiq firma va kompaniya vakillari tashrif buyurdi. So`nggi 10 yilda O`zbekiston paxtasini eksport qilish geografiyasi ancha kengaydi. Masalan, 2000 yilda yurtimiz dalalarida etishtirilgan hosil asosan Evropa davlatlaridagi bozorlarda sotilgan bo`lsa, keyingi vaqtda Xitoy, Bangladesh va Janubi-Sharqiy Osiyoning boshqa mamlakatlariga ham eksport qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar