Shveysariyaning Non shahrida joylashgan UEFA bosh shtab-kvartirasida tashkilot ijroiya qo`mitasining yig`ilishi bo`lib o`tdi, deb xabar berdi TASS nashri.
Unda qo`mitaning 17 a`zosi Evro-2024 mezbonini aniqlash maqsadida ovoz berishda ishtirok etdi. Natijalariga ko`ra, 2024 yilgi qit`a chempionatiga Germaniya mezbonlik qiladi. Germaniyada hozirga qadar 2 marta Jahon chempionati va 1 marta Evropa chempionatibo`lib o`tgan.
Eslatib o`tamiz, Evro-2024 mezbonligi uchun faqat ikki mamlakat – Germaniya va Turkiya davlatlari da`vogarlik qilgan edi. Tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan, 6 yil davomida barcha kerakli ishlar amalga oshiriladi.






