AsosiyShou-biznes

Xitoy hukumati qiymati 3.26 mlrd dollarga teng Universal kinoparkini qurishga ruxsat berdi

Xitoy hukumati Pekinda Universal studiyasining kinoparkaini Universal Beijing nomi bilan qurishga ruxsat berdi, deya xabar beradi THR.

Loyihani amalga oshirish qiymati 3.26 mlrd dollarga teng deb baholanmoqda. Park maydonining boshlang`ich maydoni 1.2 mln kv.m.ni tashkil etsa, keyinchalik u 4 mln. kv.m.gacha oshiriladi. Bu Universal portfelidagi eng katta kinoparkka aylanadi. Uning ochilishi 2019 yilga mo`ljallanmoqda.

Kompaniya bergan xabarga ko`ra, kinopark Xitoy an`analariga ko`ra bezaladi. Universal ko`ngilochar parkdan tashqari o`z tarixida ilk marta shunday mehmonxonanini qurishni ham rejalashtirgan.

    Boshqa yangiliklar