Meksika poytaxti Mexiko shahridagi Milliy antropologiya Muzeyida qadimiy Maya davriga oid suratlar va yozuvlar ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Ushbu eksponatlar orasida qabilaga tegishli tarixiy hujjatlar ham bor. Ular Amerika qit`asida 1021 va 1154 yillarda yozilgan. Maya kodeksi, deb nomlangan matn o`sha davrda taqvim vazifasini bajargan. Ular Amerikaning turli hududlaridan topilgan. Keng omma uchun ochilgan ko`rgazmaga tashrif buyuruvchilar soni ko`pchilikni tashkil qiladi. Bu erda butun Amerika tarixini ko`rish mumkin. Eksponatlar 15 nafardan ortiqmutaxassislar tomonidan o`rganilganidan so`ng namoyishga qo`yishga qaror qilindi.






