Kecha, 12 oktyabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanidagi metropoliten yaqinida ikki inomarka avtomobillari va Matiz avtomobili o`rtasida jiddiy yo`l transport hodisasining kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Bu haqda podrobno.uz nashri xabar beradi.
Guvohlarning fikrlariga ko`ra, “BMW” rusumidagi ikki avtomobil shahar ko`chalarida poyga uyushtirishgan. Kutilmaganda ikki poygachi mashina o`rtasiga ushbu yo`ldan ketayotgan Matiz avtomobili tushib qolishi oqibatida YTH sodir bo`lgan. Ma`lumotlarga ko`ra, har uchala avtomobil egalari kasalxonada.





