Nepalda vertolyot aviahalokatga uchradi, deb xabar bermoqda Ntv.ru nashri.
U Katmandu aeroportidan ko`tarilgan va o`rmon hududidan uchayotgan vaqtda qulab tushgan. Falokat oqibatida 6 kishi halok bo`ldi. Qurbonlar orasida uchuvchi ham bor. Hodisaga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo`lgani xabar qilinmoqda.






