"Toshshahartransxizmat" AJning uch nafar katta lavozimdagi xodimlari, jumladan, avtokorxonalarning texnik jarayonlari bosh muhandisi, GPS nazorati tizimi mas`uli va 5-avtobus saroyi direktori o`z ishlarida yo`l qo`ygan kamchiliklari tufayli lavozimlaridan ozod qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
“Jamiyat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ulardan biri – GPS nazoratini tubdan takomillashtirish, xususan, tizim orqali avtobuslarning qatnovlari sonini avtomatik tarzda hisoblab borish belgilangan. Shuningdek, bosqichma-bosqich dispetcherlik xizmatidan voz kechgan holda, avtobuslar harakati nazoratini to`la kompyuterlashtirish ham ko`zda tutilmoqda”, – deyiladi xabarda.






