Shu kunlarda o`zining navbatdagi yakkaxon konsertiga tinimsiz tayyorgarlik olib borayotgan Ulug`bek Rahmatullaev qiyin ahvolda qoldi.
Konsert arafasida xonandani tashvishga solayotgan voqea uning barcha muxlis va muxlisalari uchun qiziqarli ekanligi aniq.
"Konsert dasturimga sanoqli kunlar qoldi", deya gap boshlagan Ulug`bek Rahmatullaev tinimsiz qo`ng`iroqlardan charchaganini ham qo`shimcha qildi. Xonandaning o`zi ham bu darajada shov-shuvli vaziyat yuzaga kelishini kutmaganligini bildirdi. Bu borada Ulug`bek Rahmatullaevning ma`murini ham bezovta qilishayotganligi esa xonandaning repitisiya jarayoniga biroz ta`sir qilayotgan ekan.





