Gresiyaning Skiatos orolida sayyohlarga sohillardagi toshlarni olib ketish taqiqlandi, deb xabar berdi TASS nashri.
Ushbu orol mamlakatning turistlar eng ko`p keladigan maskani sanaladi. Sohillar turli shakldagi antiqa toshlar bilan to`la bo`lib, bu erga kelganlar ularni esdalik sifatida olib ketishar edi. Endi madaniyat markazi tomonidan tobora kamayib borayotgan toshlarni va orol tabiatini saqlab qolish maqsadida bunga chek qo`yuvchi qoida joriy etildi.
Toshlarni olib ketishga uringan sayyohlar esa 400 dan 1000 evrogacha jarimaga to`laydi.So`ngi vaqtlarda Skiotos aeraporti bilan hamkorlikda ish olib borilganda judda katta miqdorda toshlar olib ketilayotganligi aniqlandi. Endi bu holat aeroport bojxonasi tomonidan aniqlanadigan bo`ldi.






