AsosiyJamiyat

Paxta yig`im-terimida qo`shib yozgan hokim ishdan olindi

'Paxta yig`im-terimida qo`shib yozgan hokim ishdan olindi'ning rasmi

25 sentyabr kuni Toshkent viloyatida birdaniga ikki tuman — Bekobod va Parkent hokimi lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda Turon24 viloyat hokimligidagi manbasiga tayanib xabar bermoqda.

“Bekobod tumani hokimi Otabek Ubaydullaevich Isroilovning ishdan olinishi paxta yig`im-terimiga sustkashlik bilan yondashgani, ayrim hollarda qo`shib yozish holatlarining mavjudligi kabi sabablar bilan bog`lanmoqda. Viloyat hokimi G`ulom Ibragimov kecha bo`lib o`tgan yig`ilishda ushbu tuman hokimi faoliyatini tanqid qilgan.

Qibray tumani hokimi Ne`mat Isroilovich Muhammedov Parkent tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Avvalroq, u tanqid bilan ishdan olingan edi.

Parkent tumani hokimi vazifasidan bo`shatilgan Ne`matjon Ozodovich Abdullaev esa Bekobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar