AsosiyDunyo

Telefonda gaplashish uchun piyodalar yo`lakchasi

Xitoyning Chunsin shahrida telefonda gaplashish muammosiga e`tibor qaratildi. Rostdan ham ba`zan telefonda gaplashayotgan odam sizning jahlingizni chiqarishi, asabingizga tegishi mumkin. Axir atrofdagilar gaplashayotgan odamchalik muhim emas.

Bundan tashqari telefon orqali suhbat e`tiborning bir qismini chalg`itadi.  Agar telefon apparatini o`ynayotgan, yozishayotganlarni hisobga oladigan bo`lsak, odamlarga haqiqatdan ham alohida yo`l kerak deb o`ylab qolasiz.

Masalan, Chunsinda odam ko`p joyda alohida telefon orqali gaplashish mumkin bo`lgan piyodalar yo`lakchalari paydo bo`ldi. Shuningdek, mobil vositalari bilan yurish mumkin bo`lgan yo`llarda shunday yozib qo`yilgan: “Mobil telefonlar. Bu yo`lakchada sayr qilish juda katta qo`rquv va tavakkal”.

    Boshqa yangiliklar