AQSh Prezidenti Donald Tramp seshanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida nutq so`zladi. Dunyoning ko`pgina mamlakatlari rahbarlari Trampning nutqini eshitib kulgidan o`zini tutib turolmadi.
Donald Tramp o`zining ikki yil davomida erishgan yutuqlarini aytib o`tirganlarga maqtangan va undan oldingi Prezidentlarning hech biri uningdek natijaga erisholmaganini ta`kidlagan.
Shuningdek, u Amerika har qachongidan ko`ra kuchli davlatga aylanganini aytgan. “Bizning armiyamiz yaqin kunlarda Amerika tarixidagi eng kuchli armiyaga aylanadi, ya`ni Qo`shma Shtatlar har qachongidan ko`ra kuchli, xavfsiz va boy mamlakatga aylanadi. Biz Amerika va amerikaliklar uchun harakat qilyapmiz” deya davom etgan Donald Tramp.
U Prezidentlik davrida qilingan ishlarni deyarli hammasini sanab o`tgan. Saudiya Arabistonidan tortib Shimoliy Koreya rahbari bilan o`tkazilgan muzokaralar va yaqinda Polsha Prezidenti Andjey Duda bilan uchrashib Qo`shma Shtatlar armiyasini Polshada yangi bazasini tuzishga kelishib olganligigacha aytib o`tgan.
26.09.2018 05:39
Donald Trampning BMTdagi nutqi barchani kulgisiga sabab bo`ldi






