Yaqindagina oila qurgan Jorj va Amal Angliyaning Sonning shahridagi shaxsiy orollarning birini xarid qilishdi. Bu haqda ru.hellomagazine.com nashri xabar beradi.
Sonning shahri markaziy Londondan 60 metr uzoqlikda joylashgan. 5,5 akr er maydoniga ega bo`lgan orol 17 asrga tegishli bo`lgan Aberdash House uyidir. 10 ta yotoqxona, 2 yuvinish xonasi, doira shaklidagi katta mehmonxona, kutubxona, 20 kishilik oshxona, sportzal, bug`xona shuningdek xizmatkorlar uchun xonalar mavjud. Uyning atrofi bog` bilan o`ralgan. 4 akr er esa baland daraxtlar bilan to`la.
Yosh oila vakillari uyni qanchaga sotib olganliklari haqidagi ma`lumotni sir tutishmoqda. Biroq Wall Street Journal nashrining fikricha, uyning bahosi tahminan 7,5 million funt sterlingni yoki 12 million AQSh dollarini tashkil etadi.





