Amerikaning kiyim-kechak va sumkalar ishlab chiqaruvchi Michael Kors xoldingi 2 milliard dollarga Italiyaning Versace modalar uyini sotib oladi, deya xabar qildi Ren.tv nashri.
Reutersning xabar berishicha,tomonlar 2018 yilning sentyabr oyi oxiriga qadar bitim haqida e`lon qilishi kutilmoqda. Michael Kors 20 foiz ulushga ega bo`lishi mumkin, biroq Versachi oilasi kompaniya faoliyatida ishtirok etishda davom etadi, deya ta`kidlashmoqda. Bitim yakunlari bo`yicha Amerikaning Blackstone Group investisiya fondi aksiyadorlar tarkibidan chiqadi. Hozircha ikki kompaniya vakillari ham bunga izoh berishdan saqlanishgan.






