AsosiyDunyo

Malayziyada hayvonlarni mamlakatga noqonuniy olib kirilishga uringan shaxslar qo`lga olindi

'Malayziyada  hayvonlarni mamlakatga noqonuniy olib kirilishga uringan shaxslar qo`lga olindi 'ning rasmi

Malayziyada bojxona xodimlari tomonidan 400 dan ortiq ekzotik hayvonlarni mamlakatga noqonuniy tarzda olib kirilishga uringan shaxslar qo`lga olindi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.

Jonivorlar savatlarga joylangan holda qayiqda Indoneziyadan Malayziyaga olib kelinayotgan edi. Hayvonlar orasida maymun,timsoh va noyob qushlarni ko`rish mumkin. Mazkur holat yuzasidan 3 nafar Indoneziya fuqarosi hibsga olinib, tergov qilinmoqda. Malayziya tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan yo`qolib borayotgan turlarning noqonuniy aylanishi uchun muxim tranzit nuqtasi deb tan olingan.

    Boshqa yangiliklar